Xitoy-o‘zbek vaksinasining ikkinchi va uchinchi dozalari bilan emlash to‘xtatildi. Nega?
Jamiyat
−
09 avgust 2021
36818Ijtimoiy tarmoqlarda bugun, 9 avgustdan boshlab mamlakatimizda ZF-UZ-VAC-2001 o‘zbek-xitoy vaksinasining ikkinchi va uchinchi dozalari bilan emlash bir hafta muddatga vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabarlar tarqaldi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov ushbu holatga izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, ZF-UZ-VAC-2001 vaksinasini olganlarning 50 foizi ikkinchi dozani olishga, 70 foizi uchinchi vaksinani olishga kelmagan. Shuning uchun aholining ko‘proq qismini qamrab olish maqsadida olib kelingan vaksinalarning barchasi bir hafta davomida birinchi dozasi bilan emlash uchun ishlatiladi.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning mart oyidan boshlab O‘zbekistonga Xitoydan ZF-UZ-VAC 2001 vaksinasi olib kelina boshlandi. Shundan beri deyarli har oy 1 million dozadan xitoy-o‘zbek vaksinasi olib kelinmoqda.
LiveBarchasi