Xitoy Uxan laboratoriyasi atrofidagi iddaolarga javob qaytardi

Olam

image

“The Wall Street Journal”ning 2019 yil noyabr oyida Uxan virusologiya institutining uchta xodimi og‘ir kasallikka chalingani haqidagi ma’lumotlari haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Chjao Litszyan ma’lum qilgan. 

Uxan virusologiya institutining 2021 yil 23 martda taqdim etgan bayonotiga ko‘ra, muassasa 2019 yil 30 dekabrgacha yangi koronavirus infeksiyasiga duch kelmagan.

“Bayonotga ko‘ra, 2021 yil 23 mart holatiga ko‘ra institutning biron bir xodimi ham koronavirus infeksiyasini yuqtirmagan”, degan Litszyan. 

Avvalroq, “The Wall Street Journal” Uxan virusologiya institutining uch nafar xodimi 2019 yil noyabr oyida, yangi turdagi koronavirus haqida birinchi xabarlar paydo bo‘lishidan oldin og‘ir kasallikka chalingani haqida xabar tarqatgandi.  

Ma’lumot o‘rnida, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ekspertlari infeksiya kelib chiqishining laboratoriya versiyasini ehtimoldan yiroq, deb topgandi. Ularning fikriga ko‘ra, virus odamlarga “tashuvchi” orqali yuqqan, degan variant haqiqatga yaqin.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy koronavirus

Baholaganlar

41

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing