Xitoy TikTok'ni Ilon Maskga sotishni ko‘zlamoqda – “Bloomberg”
Olam
−
14 yanvar
1692Xitoy hukumati AQSH Oliy sudi qaroridan so‘ng TikTok ijtimoiy tarmog‘ining AQSHdagi nazoratini tadbirkor Ilon Maskga o‘tkazish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqd “Bloomberg” xabar berdi.
AQSH Oliy sudi TikTok ijtimoiy tarmog‘i Xitoyning ByteDance kompaniyasidan ajratilmasa, mamlakatda undan foydalanishni taqiqlovchi qonunni ko‘rib chiqmoqda. Sud jarayoni hali yakuniga yetmagan, biroq 10 yanvar kungi bahslar chog‘ida sudyalar qonunni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirgan.
Nashr manbalarining ta’kidlashicha, Xitoy rasmiylari TikTok'ning asosiy ByteDance kompaniyasi egaligida qolishini “afzal ko‘radi”. Muhokamalardan biriga ko‘ra, Maskga tegishli bo‘lgan X ijtimoiy tarmog‘i TikTok nazoratini o‘z qo‘liga olishi va qo‘shma biznesni boshqarishi mumkin.
“Bloomberg”ga ko‘ra, muhokamalar hali dastlabki bosqichda. ByteDance ulardan xabardormi yoki Maskning o‘zi bu haqda biladimi yoki yo‘qmi noma’lum. Tadbirkor izoh berishdan bosh tortgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq saylovoldi kampaniyasi davomida TikTokʼni himoya qilishga va’da bergan Donald Tramp AQSHda uni taqiqlash rejasiga qarshi chiqmoqchiligi haqida xabar berilgandi. Xabarga ko‘ra, Tramp TikTokʼning ko‘lami va qamrovini qadrlaydi. U podkastlar va ommaviy axborot vositalari bilan bir qatorda saylovlarda g‘alaba qozonish uchun undan mohirona foydalangan.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar