Xitoy Tayvanga qachon hujumga o‘tishi taxmin qilindi

Olam

image

Xitoyning materik qismi 2025 yilga kelib Tayvanga to‘liq ko‘lamda bostirib kirish uchun barcha imkoniyatga ega bo‘ladi. Bu haqda orol davlat Mudofaa vaziri Syu Gochjen ma’lum qildi.  

“Hozirgi vaqtda Xitoy Kommunistik partiyasi Tayvanga bostirib kirish imkoniyatiga ega, ammo orol hech qanday provokatsiya qilmaydi. Biroq, 2025 yilga kelib, XKP to‘liq ko‘lamda bostirib kirish uchun barcha imkoniyatlarga ega bo‘ladi”, degan Syu Gochjen. 

U, shuningdek orol Mudofaa vazirligi zarur harbiy tayyorgarliklarni amalga oshirishi kerakligini ta’kidlagan.

Mudofaa vazirining bayonoti Xitoy Xalq ozodlik armiyasi joriy yilning 1 oktyabridan buyon Tayvan qirg‘oqlariga jami 150 ga yaqin jangovar samolyot yuborganidan keyin paydo bo‘lgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, Tayvan mustaqilligining oldini olish uchun harbiy byudjet va qurollarni ko‘paytirmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, XXR markaziy hukumati va uning orol provinsiyasi o‘rtasidagi rasmiy munosabatlar 1949 yilda Xitoy Kommunistik partiyasi bilan fuqarolar urushida mag‘lubiyatga uchragan Chan Kayshi boshchiligidagi Gomindan kuchlari Tayvanga ko‘chib o‘tgandan keyin to‘xtatilgan. Orol va Xitoy materigi o‘rtasidagi biznes va norasmiy aloqalar 1980-yillarning oxirida tiklangan. 1990-yillarning boshidan boshlab tomonlar nodavlat tashkilotlar — Tayvan bo‘g‘ozi bo‘ylab aloqalarni rivojlantirish assotsiatsiyasi va Taypey bo‘g‘ozi almashinuvi fondi orqali bog‘lana boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Tayvan'

Baholaganlar

676

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing