Xitoy Rossiyaga qurol yetkazib bermasligi kerak – Stoltenberg

Olam

image

Xitoy Rossiyaga qurol yetkazib bersa, bu bilan "tajovuz”ni qo‘llab-quvvatlashda yordam bergan bo‘ladi. Bu haqda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg ma’lum qilgan.

Uning aniqlik kiritishicha, NATOda Xitoyning Rossiyaga qurol-yarog‘ o‘tkazganini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar yo‘q, biroq alyans bu masala Moskva va Pekin tomonidan muhokama qilingan bo‘lishi mumkinligini qayd etgan.

“Biz hozircha Xitoy Rossiyaga qurol yetkazib berayotganiga oid hech qanday dalil aniqlamadik”, deydi Stoltenberg.

NATO Bosh kotibiga ko‘ra, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpinning Moskvadagi uchrashuvi bu davlatlar o‘rtasidagi yaqinlashuv va aloqalarni mustahkamlash yo‘lida rejalashtirilgan yo‘lning bir qismidir.

Eslatib o‘tamiz, Xitoy rahbari 20 mart kuni rasmiy tashrif bilan Moskvaga kelgan edi. Tashrifning birinchi kunida Putin va Si Szinpin yakkama-yakka, 21 mart kuni esa Kremlda tor doirada muzokaralar o‘tkazgan

Prezident Putin va Si Szinpinning rasmiy uchrashuvi 21 mart kuni Kreml saroyining Georgiyevskiy zalida bo‘lib o‘tgan. Szinpin bugun, 22 mart kuni Rossiyaga tashrifini yakunlab, Xitoyga qaytib ketdi.

Javohir Qadamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya qurol Xitoy Stoltenberg

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing