Xitoy Rossiyaga avtomobil yetkazish bo‘yicha yetakchi bo‘ldi

Olam

image
0:00
0:00
download

2022 yil oxirida Xitoy Rossiyaga avtomobil yetkazib beruvchi davlatlar orasida yetakchiga aylandi. Bu haqda “RIA Novosti” agentligi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Xitoyda Rossiyaga avtomobil yetkazib berish hajmi yil davomida 40 foizga o‘sgan.

“2022 yilda eng ko‘p avtomobillar Xitoydan keltirildi. Jami 117 mingdan ortiq yangi avtomobil olib kirildi, bu o‘tgan yilga nisbatan qariyb 40 foizga ko‘p”, deyiladi “Avtostat” tahliliy agentligi bayonotida.

Yanvar oyida e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilda Rossiyada yangi yengil avtomobillar savdosi o‘tgan yilga nisbatan 59 foizga qisqarib, 626,3 ming donani tashkil qilgan. Ushbu summaning deyarli 30 foizi mahalliy brendlarga to‘g‘ri keldi, koreys brendlarining Rossiyadagi umumiy savdosi hajmi esa 19,5 foizni tashkil etdi.

Xitoylik ishlab chiqaruvchilar bu borada 3-o‘rinni band etdi: xitoyliklarning yangi yengil avtomobillar savdosi Rossiyada 19,2 foizni tashkil etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing