Xitoy Rossiya uchun milliardlab pul sarflamoqda – “The Guardian” 

Olam

image

Xitoy dezinformatsiyani, jumladan, Ukraina bo‘yicha Rossiya bilan to‘liq mos keladigan xabarlarni tarqatish uchun milliardlab mablag‘ sarflamoqda. G‘arb esa bunga munosib javob berayotgani yo‘q. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, AQSH Davlat departamenti qoshida xorijiy propaganda va dezinformatsiyasini fosh qilish va ularga qarshi kurashish uchun tashkil etilgan Global Engagement Center koordinatori Jeyms Rubin Yevropa bo‘ylab qilayotgan safari chog‘ida Xitoy global miqyosda ishlayotgani va dezinformatsiyaga Moskvadan ko‘ra ko‘proq pul sarflashini ta’kidlagan. Shuningdek, u Pekin Rossiyaning urushni NATO boshlagani haqidagi tezislarini takror tarqatayotganini qayd etgan.

Rubinning aytishicha, Xitoyning ushbu harakati ortidan ayrim davlatlar ma’lum pozitsiyani egallash narida tursin, Ukrainaga hujum bosqinchilik ekanini tan olishdan bosh tortgan. 

“Afrika va Osiyoning ba’zi davlatlari Ukraina urushdan uzoqda deb biladi. Ular G‘arbdan yetarlicha e’tibor qaratilmayotganiga ishonadi. Bu ularning ba’zilarini urushga shu prizma orqali qarashga majbur qiladi”, deydi Jeyms Rubin.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing