Xitoy olimlari pandemiyadan oldin noma’lum kasallikka chalingan — OAV

Olam

image

Uxan virusologiya institutining uch nafar xodimi 2019 yil noyabr oyida, yangi turdagi koronavirus haqida birinchi xabarlar paydo bo‘lishidan oldin og‘ir kasallikka chalingan. Bu haqda “The Wall Street Journal” AQSH razvedkasi hisobotiga hamda Amerikaning sobiq va amaldagi amaldorlari o‘rtasidagi manbalarga iqtibos keltirgan holda xabar bergan.  

Maxfiy xizmatlarning ma’lumotlariga ko‘ra, olimlar shifoxonadan yordam so‘rashga majbur bo‘lgan. 

“Turli manbalardan olgan ma’lumotlarimiz juda sifatli edi. Ular juda aniq bo‘lgan. Xabar qilinmagan yagona narsa, ularning kasal bo‘lishlariga nima sabab bo‘lgani edi”, deya manbalardan biri ma’lumotlarga izoh bergan. 

Biroq, ma’lumotlarning ishonchliligini baholashda fikrlar turlicha bo‘lmoqda. Xususan, bir manbaga ko‘ra, ma’lumot xalqaro sheriklardan olingan va hanuzgacha tasdiqlanmagan. 

“The Wall Street Journal” tomonidan ta’kidlanganidek, razvedka hisoboti Vashingtonning koronavirus Xitoy laboratoriyasidan tarqalgan degan fikrini qo‘shimcha tekshirishga 
undamoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ekspertlari infeksiya kelib chiqishining laboratoriya versiyasini ehtimoldan yiroq, deb topgandi. Ularning fikriga ko‘ra, virus odamlarga “tashuvchi” orqali yuqqan, degan variant haqiqatga yaqin.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy koronavirus

Baholaganlar

239

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing