Xitoy Moskvaning DXR va LXRni tan olganiga mujmal munosabat bildirdi

Olam

image

Xitoyning BMTdagi doimiy vakili Chjan Szyun Rossiyaning Ukraina sharqida rossiyaparast separatistlar tomonidan tashkil etilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalari suverenitetini tan olganiga mujmal munosabat bildirdi.

BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘inida Donbassdagi vaziyat haqida fikr bildirgan Szyunga ko‘ra, Xitoy Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha barcha tomonlarni vazminlikka va keskinlashuvdan qochishga, shuningdek, muloqot va maslahatlashuvlarni davom ettirishga chaqiradi.

Biroq Xitoyning doimiy vakili Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlash haqida fikr bildirmagan. Bu Pekin ayni vaziyatda ittifoqichisi Moskva bilan bir safda ekaniga ishora qiladi.

Avval xabar berganimizdek, kecha, 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarga qariyb bir soat davom etgan murojaatidan so‘ng Donetsk va Lugansk xalq respublikalari (DXR va LXR) mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi. Dunyo davlatlari Putinning qarorini qoralab chiqdi va G‘arb davlatlari Moskvaga qarshi sanksiyalar joriy qilish arafasida. Shuningdek, mamlakat iqtisodiyotini tutib turadigan davlat kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

851

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing