Xitoy Moskva va Kiyevni muzokaraga chaqirdi
Olam
−
04 mart
6623Pekin Moskva va Kiyevni janglarni tugatish bo‘yicha muzokaralar sari undash uchun yangi diplomatik sa’y-harakatlarni amalga oshiryapti. Bu haqda “Euronews” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Pekinning Yevrosiyo masalalari bo‘yicha maxsus vakili Li Xuey Moskvada Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin bilan uchrashgan. Suhbat yakunida ular Ukrainadagi jangovar harakatlarni to‘xtatishning yagona yo‘li muzokara, degan fikrga kelgan.
“Siyosiy va diplomatik kelishuv bo‘yicha har qanday munozaralar Rossiya ishtirokisiz olib borilishi mumkin emas, shu bilan birga, Kiyev va G‘arb tomonidan Rossiyaga qo‘yilgan ultimatumlar va tegishli muloqot formatlari faqat kelishuv istiqbollariga zarar yetkazadi”, deyiladi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Ma’lumot uchun, Li Xuey yana Ukraina, Fransiya, Germaniya va Bryusselga borishni rejalashtirmoqda. O‘tgan yilning may oyida u shunga o‘xshash sayohatni amalga oshirgandi, ammo bu urinishlar muvaffaqiyatsizlik bilan tugagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ning 1 mart kuni bo‘lib o‘tgan brifingda barcha tomonlarni vazminlikka chaqirib, yadroviy urushda hech kim g‘olib bo‘lmasligini ta’kidlagandi.
Rayhona Ulkanbayeva
LiveBarchasi