Yadro urushida g‘olib bo‘lmaydi – Xitoy  

Olam

image

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ning bugun, 1 mart kuni bo‘lib o‘tgan brifingda barcha tomonlarni vazminlikka chaqirib, yadroviy urushda g‘olib bo‘lmasligini eslatdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Qayd etilishicha, avvalroq Rossiya Prezidenti Federal Majlisga murojaatida G‘arbning tashqi siyosatdagi xavfli harakatlari va bayonotlari yadro qurolidan foydalanish va sivilizatsiyani yo‘q qilish bilan tahdid solayotganini aytgan.

“2022 yilning yanvar oyida beshta katta davlat rahbarlari yadro urushida g‘alaba qozonib bo‘lmasligini aytib, qo‘shma bayonot e’lon qilgan”, degan diplomat Rossiya rahbarining bayonotini izohlab.

Maoning ta’kidlashicha, yadro quroliga ega barcha davlatlar umumiy xavfsizlik konsepsiyasiga rioya qilishi va global strategik muvozanat va barqarorlikni saqlashlari lozim. Shu bilan birga, hozirgi vaziyatda barcha tomonlar vaziyatni yumshatish uchun birgalikda harakat qilishi kerak.

“Biz barchani vazminlikni saqlashga, muloqot orqali samarali va barqaror Yevropa xavfsizlik arxitekturasini qurishga chaqiramiz”, deya qo‘shimcha qilgan Mao Ning.

Sarvar Xurramov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xitoy Yadro urushi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing