Xitoy kosmik kemasi 44 yil ichida birinchi marta Yerga Oy tuprog‘ini keltirdi

Texnologiya

image

Xitoyning “Chan’e-5” zondi kapsulasi Oy sirtidan olingan tuproq namunalari bilan Yerga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Bu haqda Xitoy davlat kosmik boshqarmasiga asoslanib xabar berilgan. 

Modul rejalashtirilganidek, XXRning Ichki Mo‘g‘uliston tumaniga qo‘ngan. 

Xitoy AQSH va SSSRdan keyin 44 yil ichida birinchi marta Yerga taxminan ikki kilogramm oy tuprog‘i yetkazib bergan uchinchi davlat bo‘ldi. 

Yerdagi ekipajlar kapsulani xavfsiz joyga yetkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ma’lumot uchun, “Chan’e-5” missiyasi joriy yilning 24 noyabr kuni Venchan kosmodromidan Long March 5 og‘ir raketasi yordamida ishga tushirilgan. 
1 dekabr kuni esa “Chan’e-5” oyga qo‘ngan. Ikki kundan so‘ng u Yerning tabiiy sun’iy yo‘ldoshi yuzasidan chiqib ketgan. 3 dekabr kuni kosmik kema Oydan parvoz qilgan va 6 dekabrda u orbital modul bilan bog‘lanib, ichiga tuproq namunalari tushirilgan idishni yuklagan. Shundan so‘ng, missiyaning qaytish moduli Oydan ajralib, Yerga qarab yo‘l olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Oy

Baholaganlar

108

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing