Xitoy kompaniyasi NATO resurslariga kiberhujum uyushtirgani aytilmoqda
Olam
−
24 fevral
3516Xitoyning I-Soon kompaniyasi NATO va 10 dan ortiq mamlakatdagi davlat idoralari resurslariga hujum qilgani haqida shubhalar paydo bo‘ldi. Bu haqda AQSHning SentinelLabs kiberxavfsizlik kompaniyasi bayonot berdi.
Kompaniya tahlilchilari noma’lum shaxs tomonidan “GitHub” ochiq dasturiy ta’minot ishlab chiqish platformasiga yuklangan va I-Soon kompaniyasiga tegishli bo‘lgan maxfiy hujjatlarni o‘rganib chiqdi.
Tahlil shuni ko‘rsatdiki, Xitoy hukumati bilan hamkorlikda faoliyat yurituvchi I-Soon kompaniyasi 10 dan ortiq mamlakatlardagi davlat idoralari, shuningdek, turli institut va universitetlar, jumladan, NATO resurslarini nishonga olgan.
Ushbu hisobotga ko‘ra, ko‘rib chiqilayotgan hujjatlarning haqiqiyligini aniq tekshirish mumkin emas.
SentinelLabs tahlilchilarining ta’kidlashicha, mazkur ma’lumotlar hozirgi kunga qadar e’lon qilingan eng aniq tafsilotlarni aks ettiradi va Xitoyning kiber josuslik ekotizimining yetuk tabiatini ochib beradi.
LiveBarchasi