Xitoy Kim Chen In sog‘lig‘i sabab Shimoliy Koreyaga shifokorlar yubordi

Olam

image
Shimoliy Koreyaning keyingi rahbari kim bo‘lishi ma’lum qilindi north_east

Shimoliy Koreyaning keyingi rahbari kim bo‘lishi ma’lum qilindi

Xitoydan KXDRga oliy toifali shifokorlar guruhi yuborildi. Ushbu delegatsiya, katta ehtimol bilan Kim Chen In sog‘lig‘idagi muammolar sabab yuborilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda bugun, 25 aprel kuni “Reuters“ agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, delegatsiya KXDRga 23 aprel kuni yuborilgan. Delegatsiya rahbari Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi xalqaro bo‘limining yuqori lavozimli rasmiysi ekanligi aniqlangan.

Hozircha Xitoy tomoni bu holatga sharh berishdan bosh tortgan. Delegatsiyaning aniq maqsadi yashirilmoqda. Ta’kidlanishicha, 2008 yil mamlakatning avvalgi rahbari Kim Chen Ir sog‘lig‘i keskin yomonlashganda Fransiya va Xitoydan shunga o‘xshash shifokorlar guruhi KXDRga tashrif buyurgan.

Hozirda Yaponiya rasmiylari va AQSH razvedkasi KXDR yetakchisi Kim Chen Inning sog‘lig‘i haqida ma’lumot to‘plashmoqda va tahlil qilishmoqda. AQSH Prezidenti Donald Tramp esa ushbu mish-mishlar noto‘g‘ri ekanligiga umid qilishini aytgan.

Eslatib o‘tamiz, Kim Chen Inning sog‘lig‘i bilan bog‘liq xabarlar yetakchining 15 aprel kuni Kim Ir Sen tavalludining 108 yilligiga bag‘ishlangan marosimda birinchi marta ishtirok etmagandan so‘ng tarqaldi. Keyinchalik Janubiy Koreya KXDR rahbari ahvoli yaxshi ekanligi haqida ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Shimoliy Koreya KXDR Kim Chen In

Baholaganlar

423

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing