Shimoliy Koreyaning keyingi rahbari kim bo‘lishi ma’lum qilindi
Olam
−
22 aprel 2020
36043KXDR rahbari Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Jong mamlakatning keyingi rahbari bo‘lishi mumkin. Tegishli qaror 6 oy avval Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasining plenumida qabul qilingan.
Qarorga ko‘ra, Kim Chen In to‘satdan vafot etgan taqdirda, mamlakatdagi barcha hokimiyat uning singlisi Kim Yo Jongga topshiriladi. Ta’kidlanishicha, shundan keyin Kim Yo Jong nomidan partiyaviy va harbiy yo‘nalishlarga oid ko‘plab ko‘rsatmalar berilgan.
Ma’lum qilinishicha, yanvar oyida Kim Chen Inning ahvoli yomonlashgani tufayli Fransiyadan Pxenyanga kelgan bir guruh shifokorlar muolajalarda ishtirok etishgan. Mamlakat rahbarining sog‘lig‘i yomonlashishiga qon bosimi, yurak kasalligi va diabet bilan og‘riganligi sabab qilib ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng, Kim Yo Jong akasining o‘rnini egallashga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni tezlashdi. Shuningdek, u Shimoliy Koreyada ikkinchi raqamli odamga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda Kim Chen Inning ahvoli yomonlashgani haqida xabarlar tarqaldi. Keyin ushbu xabarlarga Janubiy Koreya agentligi oydinlik kiritdi.
LiveBarchasi