Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li 2030 yilda ishga tushishi mumkin
Jamiyat
−
12:34 1741 1 daqiqa
Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li 2030 yilda ishga tushishi kutilmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov Norin viloyatida bo‘lib o‘tgan Navro‘z bayramida aytib o‘tdi.
“Hozirda Yevropa va Xitoy boshi berk holatda yashayotgan bir paytda, Xitoy –Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘lining qurilishi yakunlanishi bilan biz tranzit davlatga aylanamiz”, degan Prezident Sadir Japarov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, avtomagistralning ishga tushirilishi taxminan 2030 yillarda reja qilingan.
Davlat rahbarining qo‘shimcha qilishicha, ushbu keng ko‘lamli loyihaning amalga oshirilishi yangi tranzit aloqalarini ochadi va mintaqaning xalqaro ahamiyatini oshiradi. Logistika salohiyati nafaqat Norin viloyatida, balki butun Qirg‘izistonda ham oshadi. Yuklarni yetkazib berish vaqti sezilarli darajada qisqarib, bu yangi bozorlarga chiqish uchun keng imkoniyatlar ochadi.
Sadir Japarov bugungi kunda temir yo‘l bo‘ylab infratuzilmani rivojlantirish va savdo-logistika markazlarini qurish davr talabi ekanligini aytgan.
Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, Norin viloyatida ishlab chiqarish korxonalarini ochish, infratuzilmani yaxshilash va yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha sa’y-harakatlar har yili o‘z samarasini bergan va aholi uchun qulay yashash sharoitlari yaratgan.
Live
Barchasi