Xitoy iqtisodi epidemiyadan keyin dunyoda birinchi bo‘lib o‘sa boshladi

Olam

image

Xitoy iqtisodiyoti koronavirus infeksiyasi epidemiyasidan keyin dunyoda birinchi bo‘lib o‘sishni boshladi. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.

XXR milliy statistika byurosi ma’lumotiga ko‘ra, 2020 yilning ikkinchi choragida Xitoy yalpi ichki mahsuloti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,2 foizga o‘sgan.

Qishloq xo‘jaligi va sanoat choraklik eng kattak o‘sishni ko‘rsatgan. Ammo xizmat ko‘rsatish sohasi nisbatan sekin rivojlangan.

Chakana savdo o‘tgan yilgiga nisbatan qisqargan bo‘lsa-da, birinchi chorakka nisbatan tiklanish alomatlarini namoyon qilgan.

“Reuters” so‘rovnomasida tahlilchilar Xitoy YAIM chorak davomida 2,5 foiz o‘sishini taxmin qilgandi.

Agentlik iyun oyida Xitoy importi 2020 yilda ilk bor qurilish materiallari hisobiga o‘sganini ta’kidlagandi. Boshqa davlatlarda ham karantin cheklovlarining bekor qilinishi Xitoy eksporti o‘sishiga ham turtki bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

iqtisodiyot Xitoy

Baholaganlar

205

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing