Xitoy FATH va HAMAS vakillarini qabul qiladi – NYT

Olam

image

Xitoy hukumati kelasi hafta Pekinda HAMAS va FATHning yuqori martabali vakillarini qabul qiladi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.

Qayd etilishicha, HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Xoniya keyingi hafta harakat delegatsiyasi bilan birga Xitoy poytaxtiga boradi. O‘z navbatida, FATH delegatsiyasi tarkibiga harakatning uchta yuqori martabali vakili, jumladan, FATH raisi o‘rinbosari ham kiradi.

FATH va HAMAS vakillari bir qator uchrashuvlarda harakatlar o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirishga urinadi.

Ta’kidlanishicha, Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I 21 va 23 iyul kunlari Falastin harakati vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Ushbu sanalar oralig‘ida tomonlarning Xitoy vakillarisiz uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, 2024 yilning mart va aprel oylarida Falastinning turli fraksiyalari vakillari Moskva va Pekinda o‘zaro kelishmovchilikni bartaraf etish uchun muzokaralar o‘tkazdi, biroq bu uchrashuvlar haligacha muhim natijalarni bermadi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy HAMAS FATH

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing