Xitoy Eronga bo‘layotgan bosimlarga qarshi turishga va’da berdi
Olam
−
25 noyabr 2021
5861Xitoy Eron bilan birgalikda bir tomonlama harakatlar va ta’qiblar siyosatiga qarshi turishga, shuningdek ichki ishlarga aralashmaslik tamoyilini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullaxon bilan suhbatda ma’lum qildi.
Ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirlarining muloqoti kecha, 24 noyabr kuni videokonferensiya formatida bo‘lib o‘tgan.
“Xitoy o‘zining rivojlanish modelini eksport qilmoqchi emas, balki rivojlanishni tezlashtirish va shu bilan birga mustaqillikni saqlab qolish istagida bo‘lgan Eron kabi davlatlarga o‘rnak bo‘lishga umid qilmoqda”, degan Van I.
Uning so‘zlariga ko‘ra, “Xitoy Eron bilan har qanday bir tomonlama harakat va ta’qib siyosatiga qarshilik ko‘rsatish, ichki ishlarga aralashmaslik tamoyilini qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro adolat va xolislikni himoya qilish uchun hamkorlik qilishga tayyor”.
Uning ta’kidlashicha, Xitoy Eronning XXR raisi Si Szinpin tomonidan ilgari surilgan global rivojlanish tashabbusini qo‘llab-quvvatlayotganini yuqori baholaydi. Shuningdek, Xitoy Eron bilan ikki davlat o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlik rejasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyor.
“Xitoy hukumati Eron xalqiga do‘stligini bildirish uchun vaksinalarning yana bir partiyasini Eronga o‘tkazishga qaror qildi”, degan vazir.
LiveBarchasi