Xitoy dunyoda Rossiya bilan yetakchi rol o‘ynashga harakat qilyapti

Olam

image

Pekin o‘zgaruvchan dunyoni barqaror rivojlanish trayektoriyasiga yo‘naltirishda Moskva bilan birgalikda yetakchi rol o‘ynashga tayyor. Bu haqda bugun, 15 sentyabr kuni XXR raisi Si Szinpin Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvda aytib o‘tgan. 

“Zamonamizning global miqyosdagi ulkan o‘zgarishlari oldida, zamonamiz tarixida misli ko‘rilmagan holda, biz rossiyalik hamkasblarimiz bilan birgalikda mas’uliyatli dunyo qudrati namunasini ko‘rsatishga va tez o‘zgaruvchan dunyo barqaror va ijobiy rivojlanish yo‘lida sharoitlar yaratishda yetakchi rol o‘ynashga tayyormiz”, deydi Xitoy raisi.

Xitoy rahbari, shuningdek, rossiyalik hamkasbi bilan ikki tomonlama kun tartibi, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashishga tayyorligini ta’kidlagan. 

Mazkur shaxsiy uchrashuv ikki davlat rahbarlarining joriy yildagi ikkinchi uchrashuvi bo‘lgan. 

Putin va Si Szinpin savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, pandemiya tufayli uzilib qolgan gumanitar almashinuvlarni tiklash va mustahkamlash masalalarini muhokama qilgan. Yetakchilar Ukrainadagi vaziyat, SHHT va boshqa ko‘p tomonlama platformalarda muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Si Tszin'pin

Baholaganlar

598

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing