Xitoyning Chengdu shahrida “harbiy holat” e’lon qilindi

Olam

image

Xitoyning 17 milliondan ziyod aholiga ega bo‘lgan Chengdu shahrida “harbiy holat” joriy etildi. Bunga shaharda koronavirus infeksiyasining to‘rtta yangi holati aniqlangani sabab bo‘lgan. Bu haqda “Parlamentskaya gazeta” xabar berdi.

Qayd etilishicha, shahardagi uy-joy majmualariga kirishda 24 soatlik navbatchilik qismi joriy etilgan. Aholi xavfsizlik uchun sog‘liqni saqlash kodiga ega bo‘lgan telefon bilan ta’minlanadi. Turay-joy majmualariga tashrif buyuruvchilar kirish joyidagi maxsus jurnalda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Bunga parallel ravishda, kasallar aniqlangan joylarning yaqin atrofida yashovchi fuqarolar va ular bilan aloqada bo‘lganlarni tekshirish boshlangan. Ta’lim muassasalarida o‘quvchilar va o‘qituvchilardan COVID-19 testi olinadi. Chengdu Texnologiya universitetining barcha o‘qituvchilari, talabalari va ularning oila a’zolaridan ham test olish buyurilgan.

Ma’lum qilinishicha, aniqlangan to‘rt nafar bemorlardan biri sog‘ligining yomonlashganini sezgan va uning uyidagi eshik tutqichlari, muzlatgich va kalitlarda olib borilgan tekshiruvlarda virus izlari topilgan. Biroq, mutaxassislar COVID-19 ning Chengdudagi versiyasi va klassik versiya o‘rtasida aniq farqlarni ko‘rmayapti.

Ma’lumot uchun, Xitoyda 86 661 kishi koronavirusga chalingan. Shulardan 81 743 nafari kasallikdan sog‘aygan bo‘lsa, 4 634 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus “harbiy holat” Chengdu

Baholaganlar

429

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing