Xitoy BRICS’ni kengaytirishni taklif qildi. A’zolikka davogar ham bor

Olam

image

Xitoy BRICS (Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrikani o‘z ichiga oladi) kengaytirish jarayonini boshlashni taklif qildi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi saytida xabar berilishicha, bu tashabbusni Xitoy TIV rahbari Van I BRICS’dagi hamkasblari bilan onlayn uchrashuvda bildirgan.

Van I BRICS’ni kengaytirish, ayniqsa uyushmaning ta’sirini oshirishga xamda tinchlikni saqlashga yordam beradi, deb hisoblamoqda.

“Xitoy tomoni BRICSni kengaytirish jarayonini boshlashni, kengaytirish jarayoni uchun standartlar va tartiblarni ko‘rib chiqish va bosqichma-bosqich konsensus yaratishni taklif qiladi”, degan vazir.

Shuningdek uchrashuvda ishtirok etgan Argentina Tashqi ishlar vaziri Santyago Kafero, uning mamlakati uchun “BRICS davlatlari bilan yaqinroq muvofiqlashtirish sari harakat qilish” muximligini aytgan.

“Mana nima uchun biz bu tashabbusni (BRICS’ni kengaytirishni – tahr.) qadrlaymiz va Argentina bilan BRICS o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatishga tayyormiz”, deya aniqlik kiritgan vazir.

BRICS’ga a’zo davlatlar TIV rahbarlarining qo‘shma bayonotida, vazirlar munozaralar orqali BRICS kengayish jarayonini boshlash taklifini qo‘llab-quvvatlagani aytilgan. Shuningdek ular, tegishli ko‘rsatmalar, tartiblar, va standartlar zarurligini urg‘ulagan.

Ma’lumot uchun, 2011 yilda BRICS’ga oxirgi bo‘lib Janubiy Afrika qo‘shilgan. Ommaviy axborot vositalarining yozishicha, tashkilotga Misr, Gvineya, Meksika, Tojikiston va Tailand kirishi mumkin. Bu davlatlar vakillari BRICS a’zolari bilan uchrashuvlarda qatnashgan.

O‘z navbatida, Hindiston tashkilotning yangi a’zolari Xitoyni qo‘llab-quvvatlashidan qo‘rqib, BRICS’ni kengaytirishga qarshi bo‘lmoqda.

Sevinch To‘xtaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xitoy BRICS

Baholaganlar

465

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing