Xitoy bilan ziddiyat: Hindiston AQSHdan Predator dronlarini sotib oladi

Olam

image

Sharqiy Ladakxdagi haqiqiy nazorat liniyasida (LAC) Xitoy bilan ziddiyatlarni kamaytirishga qaratilgan Hindistonning harakatlari hozirgacha samara bermadi. Bu haqda bugun, 6 iyul kuni “Hindustan Times” nashri yozmoqda.

"Ladakxning sharqida hind va xitoy qo‘shinlari o‘rtasidagi to‘qnashuvdan ikki oy o‘tgach ham vaziyat tarangligicha qolmoqda. Harbiy va diplomatik darajadagi hind-xitoy muzokaralari vaziyatni yumshatishga olib kelmadi", dedi Hindiston harbiy doiralaridagi manbalar.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, "qo‘shinlarni bosqichma-bosqich olib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga qaramay, ular o‘z pozitsiyalarida qolishda davom etmoqda. Bu sharqiy Ladakxdagi vaziyatni xavfli va oldindan aytib bo‘lmaydigan holga keltiradi", deb yozadi nashr.

O‘tgan oy Xitoy Xalq ozodlik armiyasi (XXOA) tarkibiy qismlarining to‘planishiga javoban, Hindiston mintaqaga uchta armiya bo‘linmasi va ikkita T-90 tankini joylashtirgan edi. Hozirgi paytda Dehli LAC zonasida o‘z qo‘shinlarining jangovar qobiliyatini oshirish maqsadida AQSHdan Predator dronlarini sotib olish masalasini ko‘rib chiqmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Hindiston

Baholaganlar

186

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing