Xitoy avstraliyalik yozuvchini o‘limga hukm qildi
Olam
−
05 fevral
17193Pekin sudi Xitoyda hibsga olingan avstraliyalik yozuvchi Yan Xenszyunni josuslikda aybdor deb topdi va uni shartli o‘lim jazosiga hukm qildi. Bu haqda Avstraliya Tashqi ishlar vaziri Penni Vongga tayanib, SBS telekanali xabar berdi.
“Avstraliya hukumati bu natijadan dahshatga tushdi”, deydi Vong Kanberrada jurnalistlarga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Yan shu vaqt ichida hech qanday og‘ir jinoyat qilmasa, o‘lim jazosi ikki yildan so‘ng umrbod qamoq jazosiga almashtiriladi.
Ma’lumot uchun, Xenszyun Xitoyda tug‘ilgan va Avstraliya fuqaroligiga ega. 2019 yilda hibsga olinishidan oldin u Nyu-Yorkda ishlagan. U Guanchjou aeroportida hibsga olingan va josuslikda ayblangan. Xitoy rasmiylari ish tafsilotlarini oshkor qilmadi, ayblov tafsilotlari esa noma’lum.
Yozuvchi ayblovlarni rad etdi. Uning oilasi hibsga olinganidan keyin yozuvchining salomatligi yomonlashganini aytib, Xitoy rasmiylarini qiynoqlarda ayblamoqda.
Akademik, bloger va yozuvchi Yan Xenszyun Xitoy hukumatini inson huquqlarini buzayotganini tanqid qildi.
Avstraliyaning Xitoydagi elchisi avvalroq Pekinni yozuvchini o‘zboshimchalik bilan hibsga olishda ayblagan, uning tarafdorlari buni “siyosiy sabablarga ko‘ra ta’qib” deb atagan.
“Xitoy hukumati uni Xitoyda inson huquqlari poymol etilishini tanqid qilgani va inson huquqlari, demokratiya va qonun ustuvorligi kabi umuminsoniy qadriyatlarni himoya qilgani uchun jazolamoqda”, deydi uning do‘sti, Sidneyda joylashgan akademik Feng Chongyi.
Avstraliya Bosh vaziri Entoni Albaneze noyabr oyida yirik savdo hamkorlari o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash umidida Xitoyga yetti yil ichida tashrif buyurgan birinchi avstraliyalik lider bo‘ldi.
Ko‘p yillar davomida Pekin va Kanberra o‘rtasidagi munosabatlar savdo mojarolari, kiberhujumlar haqidagi da’volar va Avstraliyaning COVID-19 virusining kelib chiqishini xalqaro tergov o‘tkazish talablari bilan buzilgan.
LiveBarchasi