Xitoy AQSHning “asossiz mish-mishlari”dan norozi

Olam

image

Xitoy AQSHning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasidagi bayonotlaridan norozilik bildirmoqda. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bayonotida ma’lum qilindi.

AQSH Prezidenti Donald Tramp Xitoy va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini virusni odamdan odamga yuqmasligi to‘g‘risida yolg‘on ma’lumot berishda ayblagan. Shuningdek, u BMT koronavirus tarqalishi uchun Xitoyni javobgarlikka tortishi kerakligini aytgan.

"Xitoy virus tarqalishining ilk kunlarida samolyotlarga Xitoyni tark etishga va butun dunyoni zararlashga ijozat bergan. BMT Xitoyni ushbu xatti-harakatlari tufayli javobgarlikka tortishi lozim", deb aytgan Tramp.

"Afsuski, haqiqatdan farqli o‘laroq, Amerika tomoni BMT minbaridan asossiz mish-mishlar qilmoqda. Xitoy tomoni bunga qat’iy norozilik bildirmoqda", deyiladi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasi oldidan bergan intervyusida AQSH-Xitoy mojarosi yaqin kelajakda jiddiy muammolarga olib kelishi mumkin, deb hisoblashini aytgandi.
U yaqin ikki-uch yilda nimalar bo‘lishini kuzatish kerakligini ta’kidlagandi. 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy BMT

Baholaganlar

111

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing