Xitoy AQSHni tinchlikni buzishda ayblamoqda
Olam
−
18 Sentabr 2021
6543AQSH Tayvan bo‘g‘ozida doimo provokatsiyalar uyushtirib, tinchlik va barqarorlikni buzadi, xavfsiz hududlarga esa xavf tug‘diradi. Bu haqda Xitoy Xalq ozodlik armiyasi Sharqiy jangovar qo‘mondonligi vakili Shi Yi ma’lum qilgan.
Shi Yining xabar berishicha, kecha, 17 sentyabr kuni USS Barry raketali esminetsi Tayvan bo‘g‘ozidan o‘tgan. Xitoy Xalq ozodlik armiyasi Sharqiy jangovar qo‘mondonligi esa kemani bo‘g‘oz bo‘ylab kuzatib borgan.
“Qo‘shma Shtatlar doimiy ravishda bunday provokatsion xatti -harakatlarni amalga oshiradi. Amerika Tayvan bo‘g‘ozidagi tinchlik va barqarorlikni buzadi, xavfsiz hududlarga esa xavf tug‘diradi”, deb yozadi Shi Yi Xitoy Xalq ozodlik armiyasi Sharqiy jangovar qo‘mondonligining rasmiy sahifasida.
Uning ta’kidlashicha, Xitoy armiyasi milliy suverenitet va xavfsizlikni, shuningdek mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni himoya qilishga tayyor.
Ma’lumot uchun, XXR markaziy hukumati va uning Tayvan orolidagi ma’muriyati o‘rtasidagi rasmiy munosabatlar 1949 yilda to‘xtatilgan. Munosabatlar to‘xtatilishi Xitoy Kommunistik partiyasi bilan fuqarolar urushida mag‘lubiyatga uchragan Chan Kayshi boshchiligidagi Gomindan kuchlari Tayvanga ko‘chib o‘tgandan keyin bo‘lgan.
Orol va materik Xitoy o‘rtasidagi biznes va norasmiy aloqalar 1980-yillarning oxirida tiklangan. 90-yillarning boshlaridan tomonlar Tayvan bo‘g‘ozi bo‘ylab aloqalarni rivojlantirish assotsiatsiyasi va Taypey bo‘g‘ozi almashinuvi fondi nodavlat tashkilotlari orqali bog‘lana boshlaganlar.