Xitoy AQSHni armiyasining jangovar tayyorgarligi haqida ogohlantirdi
Olam
−
06 aprel 2023
13398Xitoy Mudofaa vazirligi Amerika Qo‘shma Shtatlarini Tayvan bo‘g‘ozidagi milliy suverenitetni himoya qilish uchun Xitoy xalq-ozodlik armiyasining yuqori jangovar tayyorgarligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda vazirlik bayonotiga tayanib, TASS xabar berdi.
Xitoy Mudofaa vazirligi Amerika tomonini Tayvan bilan har qanday aloqani to‘xtatishga va XXR ichki ishlariga qo‘pol aralashishni bas qilishga chaqirdi.
Hujjatda ta’kidlanishicha, Xitoy xalq-ozodlik armiyasi Tayvan bo‘g‘ozidagi hududiy yaxlitlik va barqarorlikni himoya qilish uchun yuqori darajadagi jangovar tayyorgarlikni saqlab, o‘z missiyasini bajaradi.
Bundan avval ham Xitoy Mudofaa vazirligi AQSH rahbariyatidan Tayvan va oroldagi hukmron Demokratik progressiv partiya bilan har qanday rasmiy aloqalarni to‘xtatishni talab qilgan.
“Biz AQSH va Tayvan o‘rtasidagi har qanday rasmiy aloqaga va Tayvan rahbarlarining har qanday bahona yoki sabab bilan Qo‘shma Shtatlarga kirib kelishiga keskin norozilik bildiramiz”, deyiladi vazirlik xabarida.
LiveBarchasi