Xitoy AQSHni Afg‘oniston masalasida “qochib qolmaslikka” chaqirdi

Olam

image

AQSH Afg‘onistonni qayta tiklash uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi hamda unga iqtisodiy va gumanitar yordam ko‘rsatishi kerak. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I Dushanbeda SHHT va KXSHT sammitlari doirasida Rossiya Federatsiyasi, Eron va Pokiston Tashqi ishlar vazirlari bilan to‘rt tomonlama uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi.  

“AQSH qo‘shinlari va ularning ittifoqchilarini shoshilinch ravishda olib chiqish Afg‘onistonda yangi muammolarning paydo bo‘lishiga olib keldi”, degan Van I. 

Van Ining ta’kidlashicha, Afg‘onistonda yangi siyosiy tuzilmani shakllantirish hali tugallanmagan, etnik va diniy ziddiyatlar murakkab, mahalliy to‘qnashuvlar xavfi yuqori, aholi farovonligini ta’minlash muammolari, shuningdek kelajakdagi rivojlanishning noaniqligi mavjud. 

“Qo‘shma Shtatlar o‘z majburiyatlarini bajarishi kerak. To‘rtta davlat (Xitoy, Rossiya, Eron, Pokiston) boshqa hamfikr mamlakatlar bilan birgalikda Qo‘shma Shtatlarni saboq olishga, Afg‘onistonni qayta tiklash uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi hamda unga iqtisodiy va gumanitar yordam berishiga undashi kerak”, degan Tashqi ishlar vaziri.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh Xitoy

Baholaganlar

293

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing