Xitoy AQSH talabini bajardi va o‘z shartini aytdi

Olam

image

Bugun, 25 iyul kuni AQSHning Xyuston (Texas shtati) shahridagi Xitoy Bosh konsulxonasin xodimlari Amerikaning talabiga ko‘ra binoni tark etdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

XXR bunga javoban kecha, 24 iyul kuni AQSHdan Chendu (Sichuan provinsiyasi) shahridagi konsulxonasini 72 soatda yopishni talab qildi.

AP ma’lumotiga ko‘ra, xitoylik diplomatlar avtomobili konsulxona hududini tark etishi bilan binoga AQSH federal xizmatlarining bir qancha xodimlari kirgan.

Rasmiy Vashington 21 iyul kuni Pekindan Xyustondagi konsulxonani 72 soatda yopishni talab qilgandi. AQSH Davlat kotibi o‘rinbosari Stiven Bigen konsulxona amerika texnologiyalarining o‘g‘irlanishi va talabalar almashinuvi dasturidan noloyiq foydalanish sababli yopilayotganini bildirdi. Shuningdek, konsulxona xodimlarining o‘zini tutishi ham standartlarga mos emasligi aytildi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Van Venbin Xyustondagi konsulxonani bir tomonlama qisqa vaqtda yopish AQSHning Xitoyga qarshi so‘nggi harakatlarini mislsiz darajada avj oldirishdir, deya baholadi.

AQSH Xitoyni konsulxona yopilishiga javob qaytarmaslikka chaqirdi. Amerika Xitoyning Xyustondagi diplomatik vakolatxonasi intellektual mulk va amerikaliklar haqidagi ma’lumotlarni himoya qilish uchun yopilganini ta’kidlab chiqdi.

Shu o‘rinda aytish joizki, AQSH Xitoyga konsulxonani yopish talabini qo‘yishi bilan Xyustondagi diplomatik vakolatxona binosida yong‘in xavfsizligi signali ishlab, u yerdan tutun chiqishni boshladi. O‘t o‘chiruvchilar kelganda esa hammasi joyida ekani, hech qayerga o‘t ketmagani aytildi. Bundan taxmin qilish mumkinki, xitoyliklar qandaydir muhim ma’lumotlarni yoqib, yo‘q qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Xitoy

Baholaganlar

1459

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing