Xitoy Hindiston bilan chegara hududlarda sirli inshootlar qurmoqda

Olam

image

Xitoy o‘zi va Hindiston bilan chegaradosh Butanning bahsli hududlarida sirli inshootlar qurmoqda. Bu esa o‘z navbatida unga chegaradosh Hindistonning asosli etirozlariga sabab bo‘lmoqda.

2017 yilda Xitoy o‘ziga qarashli Tibet avtonom viloyati hududida 600 ta aholi yashash punktlarini qurish rejasini e’lon qilgandi.

Bundan asosiy maqsad Hindiston bilan chegaradosh hududlarda nazoratni kuchaytirilgan tartibda qo‘lga olish bo‘lgani aytilmoqda.

Xitoy Doklam platosiga tomon yo‘l qura boshlaganidan so‘ng, Hindiston bilan chegara munosabatlari jiddiy tus oldi. Olib borilgan muzokaralar ortidan, ikkala davlat ham chegara hududidan qo‘shinlarini olib chiqib ketgan.

Ammo so‘nggi paytlarda tarqalgan ma’lumotlarga qaraganda, Xitoy vaziyatni yana jiddiylashtirishga urinmoqda. U Butan bilan chegara hududlarida qurilish ishlarini davom ettirmoqda.

AQSHning “HawkEye 360” ma’lumotlarni tahlil qilish tashkiloti tomonidan e’lon qilingan Xitoydagi tasvirlar tahlili bahsli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Tashkilot Xitoyning Hindiston bilan chegaradosh mintaqasidagi oltita joyda qurilayotgan 200 dan ortiq shubhali inshoot va ikki qavatli binolarni aniqladi.

Qayd etilishicha, qurilish ishlari 2020 yilda boshlangan, ammo 2021 yilda sodir bo‘lgan Xitoy va Hindiston o‘rtasidagi jiddiy chegara nizolari ortidan qurilishlar ko‘lami tezlashib ketgan.

“HawkEye 360”ga ko‘ra, avvaliga qurilish loyihasi katta inshootlarga mo‘ljallangan bo‘lgan, lekin, so‘nggi paytlarda qurilayotgan binolar ancha ihcham ko‘rinish olgan. “HawkEye 360” tashkiloti rahbari Kris Biggersning bildirishicha, Xitoy bu inshootlardan qurol-yarog‘ va harbiy aslahalar ombori sifatida foydalanishni ko‘zlagan bo‘lishi mumkin.

Xabarlarga munosabat bildirgan Xitoy Tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha, olib borilayotgan qurilish ishlari faqatgina mahalliy aholining yashash sharoitini yaxshilashga qaratilgan. Xitoy bundan hech qanday harbiy maqsadlarni ko‘zlamagan. 

“O‘z hududi bo‘ylab har qanday qurilish ishlarini olib borish bu Xitoy suveren huquqi hisoblanadi”, deyiladi Rasmiy Pekin bergan bayonotda. 

Shubhalisi shundaki, “HawkEye 360” tahlil qilgan suratlarda Xitoy hukumati Butanning nafaqat aholi yashaydigan hududlarida balki kimsasiz yerlarida ham qurilish ishlarini olib borayotgani aks etgan. 

Xitoy esa o‘z hatti-harakatlarini aholi hayotini yaxshilash deya oqlashga urinmoqda.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xitoy

Baholaganlar

301

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing