Xitoyda O‘zbekiston ombori ochildi
Olam
−
12 yanvar 2022
15453O‘tgan yilning 27 dekabr kuni Xitoyning Gansu provinsiyasida Toshkentning xorijdagi omborlari ochildi.
Foydali hajmi 9 ming kub metr bo‘lgan yangi omborlar O‘zbekistondan Xitoyga eksport qilinadigan tovarlarni saralash funksiyasini bajaradi. Xabarda aytilishicha, xorijda omborlar tashkil etilishi hisobiga tovarlarni xaridorlarga yetkazib berish muddati 30 kundan uch yoki to‘rt kungacha qisqartirilishi mumkin.
Shunga o‘xshash Gansu provinsiyasining omborlari Toshkentda o‘tgan yilning oktyabr oyida ish boshlagan. Mutaxassislarning fikricha, yangi model “xalqaro yuk poyezdlari va xorijdagi omborlar” transchegaraviy yuk tashish barqarorligini oshiradi.
“Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi boshlanganidan beri Gansu va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar tobora yaqinlashib bormoqda.
LiveBarchasi