Rossiyada yong‘in oqibatida halok bo‘lganlarning jasadi O‘zbekistonga olib kelinadi

Jamiyat

image

Avvalroq, 8 dekabr kuni Rossiyaning Yamal-Nenetsk avtonom okrugi Tazov tumani Pyakyaxin konida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 3 nafar O‘zbekiston vafot etgani va biri kuyib shifoxonaga joylashtirilgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida vafot etgan 3 nafar O‘zbekiston fuqarolarining shaxsini aniqlash bilan bog‘liq barcha protsessual jarayonlar, konsullik-huquqiy masalalar va zarur hujjatlarni rasmiylashtirish yakunlangan. 

Ma’lum qilinishicha, jasadlar bugun, 24 dekabr kuni O‘zbekistonga yuborilgan.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etdi hamda Rossiyaning Ural federal okrugi (Kurgan viloyati, Sverdlovsk viloyati, Tyumen viloyati, Chelyabinsk viloyati, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi – Yugra, Yamal-Nenetsk avtonom okrugi) hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur holatlarda O‘zbekistonning Yekaterinburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatib o‘tdi: +7 343 276 31 66, +7 343 272 31 33.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya yong'in

Baholaganlar

81

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing