20 yoshli qizni aldagan yigitga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Jamiyat

image

Toshkentda qiz bolani mashinasini sotib beraman deb, pullarni o‘z ishlatib yuborgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Jori yilning 10 noyabr kuni Uchtepa tumani IIO FMBdan kelib tushgan ma’lumotga ko‘ra, 2019 yil 12 avgust kuni 31 yoshli Bekzod B. 20 yoshli Malika Sh.ning ishonchiga kirib, unga Gentra rusumli avtomobilni sotishda ko‘maklashishini va’da qilgan.

Mashinani 11 ming AQSH dollari evaziga sotgan Bekzod, Malikaga 6.000 AQSH dollarini berib, qolgan 5 ming dollarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. 

Bekzod B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent firibgarlik

Baholaganlar

226

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing