Xayriya yig‘ish tartibi belgilandi
Jamiyat
−
25 Avgust 2025 6395 1 daqiqa
O‘zbekistonda homiylik xayriyalarini yig‘ish tartibi aniq belgilandi. Bu haqda 21 avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda so‘z boradi.
Unga ko‘ra, homiylik xayriyalarini yig‘ish muayyan homiylik oluvchilarning manfaatlarini ko‘zlab, oldindan e’lon qilingan muddat davomida amalga oshiriladi.
Homiylik xayriyalarini yig‘ish tartibini buzish:
- fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (1 mln 236 ming so‘mdan 2 mln 60 ming so‘mgacha),
- mansabdor shaxslarga esa – 5 baravaridan 7 baravarigacha (2 mln 60 ming so‘mdan 2 mln 884 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda fuqarolar bilan intervyu olish bahonasida suhbatlashib, ulardan firibgarlik yo‘li bilan masjid qurilishi, "nogironlarga yordam" kabi bahonalar bilan pul yig‘ayotgan 3 nafar shaxs qo‘lga olingandi.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr