Xayriya yig‘ish tartibi belgilandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda homiylik xayriyalarini yig‘ish tartibi aniq belgilandi. Bu haqda 21 avgust kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda so‘z boradi.

Unga ko‘ra, homiylik xayriyalarini yig‘ish muayyan homiylik oluvchilarning manfaatlarini ko‘zlab, oldindan e’lon qilingan muddat davomida amalga oshiriladi.

Homiylik xayriyalarini yig‘ish tartibini buzish:

  • fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (1 mln 236 ming so‘mdan 2 mln 60 ming so‘mgacha), 
  • mansabdor shaxslarga esa – 5 baravaridan 7 baravarigacha (2 mln 60 ming so‘mdan 2 mln 884 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan oyda fuqarolar bilan intervyu olish bahonasida suhbatlashib, ulardan firibgarlik yo‘li bilan masjid qurilishi, "nogironlarga yordam" kabi bahonalar bilan pul yig‘ayotgan 3 nafar shaxs qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

xayriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing