“Xayr, “Old Trafford”. MYU uchun katta sig‘imdagi stadion quriladi
Sport
−
12 mart 3721 1 daqiqa
“Manchester Yunayted” futbol klubi uchun hozirgi “Old Trafford” o‘rnida yangi 100 ming o‘rinli stadion quriladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Bugun dunyodagi eng buyuk futbol stadionini yaratish bo‘yicha g‘oyat hayajonli loyiha boshlandi”, deydi klub egasi Jim Retkliff.
Loyiha me’mori Reyxstagning yangi binosi, “Uembli” stadioni va Apple shtab-kvartirasi qurilish jarayonlarida faoliyat olib borgan Norman Foster bo‘ladi. Stadionning qurilishi 2 milliard funt sterlingga baholanmoqda va bosh direktor Omar Berrada klub investorlarni jalb qila olishiga ishonmoqda.
Moliyaviy holatni yaxshilash uchun “Manchester Yunayted”da katta ishdan bo‘shatishlar bo‘lib o‘tdi, bu vaqt mobaynida klubning yuzlab xodimlari ishdan bo‘shatildi, bu esa muxlislarning keskin tanqidiga sabab bo‘ldi. Retkliffning aytishicha, agar klubda xodimlar soni qisqartirilmasa “Yunayted” Rojdestvoga qadar bankrot bo‘lardi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr