Xavotirli ko‘rsatkich: O‘zbekistonda bir kunda qariyb 750 kishi koronavirusga chalindi

Jamiyat

image

Bugun, 10 sentyabr kuni O‘zbekistonda 749 holatda kasallik qayd etildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Afsuski, ushbu holat joriy yil 3 avgust kuni koronavirus qayd etilgan 748 nafarlik ko‘rsatkichdan oshdi.

Shu bilan birga, Toshkent viloyatida 4 nafar, Toshkent shahrida 3 nafar, jami 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Kun davomida Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Namangan, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo hamda Andijon viloyatlarida jami 343 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 45 679 nafar bemordan 42 555 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2 751 nafar bemordan 439 nafari og‘ir, 219 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

1108

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing