Xavotirli kelajak. Byudjetda nima qoldi?
Intervyu
−
23 iyul
361772024 yil davlat byudjeti uchun og‘ir keldi. O‘zbekiston joriy yil boshidan beri rekord darajadagi byudjet defitsitini boshdan kechirmoqda. Hisob-kitoblarga qaraganda, yarim yil yakunlari bo‘yicha, byudjet taqchilligi 30 trln so‘mdan oshgan.
O‘tgan yili ham O‘zbekiston byudjet muvozanatida tarixdagi eng yomon ko‘rsatkichni qayd etib, yilni 59 trln so‘mlik defitsit bilan yakunlagan edi.
Taqchillikka sabab bo‘layotgan omillar nima? Byudjet defitsitining mamlakat umumiy iqtisodiyotiga ta’siri qanday, xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samara beryaptimi? Ushbu savollarga javob olish maqsadida QALAMPIR.UZ iqtisod fanlari doktori, professor To‘lqin Boboqulovni intervyuga taklif etdi.
— To‘lqin aka, o‘zingizga ham ma’lum, davlat byudjetida rekord darajada defitsit kuzatilmoqda. Byudjet defitsitining umumiy iqtisodiyotga, oddiy aholi turmush tarziga qanday ta’siri bor?
— Davlat byudjeti asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Shuning uchun dunyo mamlakatlari, hatto rivojlangan davlatlarda ham byudjet defitsiti summasiga nisbatan chegara belgilangan. Bu chegara Mastrix shartnomasida keltirilgan bo‘lib, nominal yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3 foizdan oshib ketmasligi kerak. Defitsit 3 foizlik ko‘rsatkichdan oshib ketgan taqdirda, bu YAIM o‘sishiga salbiy ta’sir qilishi va inflyatsiyani kuchaytirishi ekspertlar tomonidan isbotlangan.
O‘zbekiston 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida mana shu ko‘rsatkichni qabul qilgan edi. Ammo, unda belgilangan 3 foizlik normani bajara olmadi. 2023 yilda ko‘rsatkich 4 foizga o‘zgartirildi, lekin yana defitsit miqdori nominal YAIM hajmiga nisbatan 4 foizdan oshib ketdi. Shundan keyin yana Senatorlar tomonidan ushbu norma 5,5 foizga oshirildi.
Byudjet taqchilligining ham ijtimoiy, ham iqtisodiy jihatdan yomon oqibatlari bor. Ijtimoiy oqibatlariga to‘xtalsak: davlatning byudjet tashkilotlari xodimlari oylik maoshini oshirish imkoniyati cheklanib qoladi. Masalan, o‘qituvchilar maoshini hech bo‘lmaganda 1 million so‘mga oshirish uchun davlatga har oyda qo‘shimcha yarim trln so‘m pul topishiga to‘g‘ri keladi.
Iqtisodiy oqibatlariga kelsak, davlat byudjet taqchilligini qoplolmasa, tashqi qarz olib, defitsitni yopishga majbur bo‘ladi. Bu esa inflyatsiya va milliy valyuta qadrsizlanishiga olib keladi.
LiveBarchasi