Ukraina harbiy ehtiyojlar uchun yana 12 milliard dollar ajratdi
Olam
−
18 Sentabr
1579Oliy Rada Ukrainaning 2024 yilgi davlat byudjetidagi mudofaa va xavfsizlik sohasini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘zgartirishlarni ma’qulladi. Bu haqda parlament deputati Yaroslav Jeleznyak ma’lum qildi.
“Parlament bu yil byudjetni harbiy ehtiyojlar uchun 500 milliard grivnaga (12 milliard dollardan ortiq) oshirish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi”, deb yozgan u Telegram-kanalida.
Jeleznyakning so‘zlariga ko‘ra, shu bilan Ukrainaning xarajatlari 2024 yil uchun rekord darajadagi 3,73 trillion grivnani (90 milliard dollarga yaqin) tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, mamlakat Bosh vaziri Denis Shmigal hukumat kelasi yilgi davlat byudjeti loyihasini 1,6 trillion grivna (38,6 milliard dollar) defitsit bilan ma’qullaganini ma’lum qilgan. Daromadlar 2 trillion grivna (taxminan 48 milliard dollar), byudjet xarajatlari esa 3,6 trillion grivna (87 milliard dollar) miqdorida bo‘lishi kutilmoqda. Hukumat rahbari barcha ichki resurslar yana mudofaa va xavfsizlikka yo‘naltirilishini ta’kidladi. Unga ko‘ra, mudofaa xarajatlari kamida 2,22 trillion grivnaga (53,6 milliard dollar) oshadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Mudofaa vazirligi Ukrainaga 250 million dollar miqdorida navbatdagi harbiy yordam paketini taqdim etishini e’lon qilgan edi.
LiveBarchasi