“Xavotirga o‘rin yo‘q”. Surxondaryodagi fojia haqida rasmiy bayonot berildi

3-sahifa

image

Kecha, 7 dekabr kuni tongda Surxondaryo viloyati Denov tumanida ikki qavatli savdo majmuasidagi portlash, dastlabki taxminlarga ko‘ra, gaz asbob-uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida to‘plangan gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida yuz bergan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Davlat yong‘in nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasi boshlig‘i O‘lmas Muzaffarov holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

“Xavotirga o‘rin yo‘q, bunaqa chaqnash holatining yuz berishi asosan hozirgi taxminga ko‘ra, savdo majmuasidagi gaz asbob-uskunalarining buzilishi oqibatida kelib chiqqan. Oqibatda majmua atrofidagi bir nechta xonadonga va ijtimoiy soha ob’ektlariga, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga ziyon yetgan.

Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan hukumat komissiyasi tuzilgan. Voqea joyida komissiya ish olib bormoqda. Hozirda baxtsiz hodisa oqibatlarini bartaraf etish borasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va tegishli idora-tashkilotlar xodimlari ishlamoqda”, deydi O‘lmas Muzaffarov.

Ma’lumot uchun, portlash soat 03:57da Denov shahri Mustaqillik ko‘chasida joylashgan 2 qavatli “Indenim” savdo majmuasi binosida sodir bo‘lgan. Portlash natijasida savdo majmuasi binosi devorlari qulab tushgan.

Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 04:02 da voqea joyiga yetib borib, chaqnash natijasida sodir bo‘lgan yong‘inni soat 04:25 da  o‘chirgan.

Hodisa joyiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi safarbar etilgan.

Hukumat komissiyasi tarkibiga IIV, FVV, Milliy Gvardiya, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa idoralar vakillari kiritilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Voqeada 9 kishi jarohatlandi. Hozirgacha olingan ma’lumotlarga ko‘ra, vayronalar ostidan ikki kishining jasadi topilgan.


Maqola muallifi

Teglar

portlash

Baholaganlar

725

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing