Xavi o‘zining so‘nggi o‘yinida mag‘lub bo‘ldi
Sport
−
21 may 2019
3687Xabaringiz bor, kecha Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichi so‘nggi tur o‘yinlariga start berildi. Musobaqaning 6-turida Eronning “Persepolis” klubi o‘z uyida Qatarning “Al-Sadd” jamoasini qabul qildi.
O‘yin ahamiyati jihatidan hech narsani belgilab bermasada, muxlislar qiziqarli o‘yin guvohiga aylanishdi. Bahs yakunida esa qatarliklar 2:0 hisobida zafar quchdi.
Mazkur o‘yin qatarliklar sardori Xavi uchun oxirgisi bo‘lgani haqida xabar berib o‘tgandik. Ammo ispan futbolchisi o‘zining so‘nggi o‘yinida mag‘lub holda maydonni tark etdi.
“Persepolis” – “Al-Sadd” (Qatar) 2:0 (1:0, 1:0).
Tehron shahri, “Ozodi” stadioni.
Gollar: 16 – M.Torabi 1:0, 67 – A.Alipur 2:0.