Xavi Koutinoning jamoadan ketish sababini aytdi

Sport

image

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi yarim himoyachi Filippe Koutinoning ijara asosida “Aston Villa”ga o‘tishi haqida fikr bildirdi.

“Koutino haqida aytadiganlarim shuki, u maydonga tushish va ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun maoshi kamaytirilishiga ham rozi bo‘ldi. Uning “Barsa”ga moslashishi qiyin bo‘ldi. Koutino – haqiqiy professional. U yaxshi o‘ynashni xohlaydi. Biroq, qiyinchiliklarga duch keldi. O‘zini boshqa joyda sinab ko‘rmoqchi bo‘lgani ko‘p narsadan dalolat beradi”, deydi Xavi.

Ma’lum qilinishicha, “ko‘k-anorranglilar” mavsum oxiriga qadar Koutino uchun pul to‘lamaydi. Chunki Koutino maoshi kamaytirilishiga rozilik bergan va uni “Aston Villa” o‘z zimmasiga oladi.

Eslatib o‘tamiz, Braziliyalik futbolchi mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida Angliya klubida o‘tkazadi. Ijara uchun to‘lov miqdori ma’lum qilinmagan.

Qayd etilishicha, futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tib, ruxsatnoma olganidan so‘ng transfer to‘liq amalga oshiriladi. Ijara sotib olish opsiyasini o‘z ichiga oladi. Koutino 2013-2015 yillarda birmingemliklar bosh murabbiyi Stiven Jerrard bilan birga “Liverpul” sharafini himoya qilgan.


 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Xavi Koutin'o Aston Villa Jerrard

Baholaganlar

31

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing