Xavfsizlik kengashi kotibining sobiq o‘rinbosari 7 yilga qamaldi
Olam
−
07 Oktabr 2022 13503 1 daqiqa
Qozog‘iston poytaxti sudi respublika Xavfsizlik kengashi kotibining sobiq birinchi o‘rinbosari Marat Shayxutdinovni davlat sirlarini oshkor qilganlikda ayblab, yetti yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda bugun, 7 oktyabr kuni Milliy xavfsizlik qo‘mitasi (MXQ) matbuot xizmati ma’lum qildi.
"MXQ davlat sirlarini oshkor qilish, josuslik va davlatga xiyonat qilish faktlari bo‘yicha jinoyat ishlarini tergov qilishni yakunladi. 2022 yil 21 sentyabrda Marat Shayxutdinov (Xavfsizlik Kengashi kotibining sobiq birinchi o‘rinbosari) Jinoyat kodeksining 185-moddasi 3-qismi bilan aybdor deb topilib, davlat xizmatini egallash huquqidan va yetti yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi”, deyiladi xabarda.
Shayxutdinov 1959 yilda tug‘ilgan. 2015 yil iyun oyida u Xavfsizlik kengashi kotibining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. Joriy yilning mart oyi oxirida mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev uni ushbu lavozimdan ozod qilgan edi. Ushbu qarorning sababi aniqlanmagan.
Boshqarmaning tushuntirishicha, jinoyat ishi bo‘yicha boshqa ayblanuvchilar – L.Skakovskiyning davlatga xiyonat moddasi bo‘yicha va O.Jdanning “Josuslik” moddasi bo‘yicha ayblari to‘liq isbotlangan. Ular mos ravishda 11 yil, 3 oy va 11 yil qamoq jazosiga hukm qilingan.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr