Xatirchida poyga o‘ynab, 8 yoshli qizni bosib ketgan haydovchilarga hukm o‘qildi
3-sahifa
−
27 dekabr 2024
6811Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida 8 yoshli qizni bosib o‘tib ketgan haydovchilarga sud hukmi o‘qildi. QALAMPIR.UZ sud hujjati bilan tanishdi.
Qayd etilishicha, 1976 yilda tug‘ilgan N.A. hamda 1976 yilda tug‘ilgan F.A. o‘zlarining boshqaruvlaridagi BYD mashinalarini Xatirchi tumani hududidan o‘tuvchi 4R48 avtomobil yo‘lining 126-127-kilometri oralig‘ida bir-birini quvib o‘tish maqsadida katta tezlikda boshqargan. Oqibatda piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan voyaga yetmagan Sh.Sh.ni (qiz bola) N.A. mashinasi bilan urib, uning ortidan kelgan F.A. (erkak) esa yiqilgan qizaloqni bosib o‘tib ketgan.
Sudda har ikki haydovchi aybiga iqrorlik bildirgan hamda mashinani katta tezlikda boshqarib, bir-birini quvib o‘tishga harakat qilganini tan olgan.
Sud F.A. va N.A.ni Jinoyat kodeksining 266-modda 2-qismida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topib, ularning har biriga 2 yil transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilgan holda 2 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.
Eslatib o‘tamiz, voqea joriy yilning 1 iyul kuni soat 19:20 atrofida 4R48 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgandi. BYD Song Plus Champion avtomashinasi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 2-sinf o‘quvchisini urib yuborgan. Hodisa oqibatida qiz olgan tan jarohati sabab voqea joyida vafot etgan.
LiveBarchasi