Xarkovda ona o‘g‘lini safarbarlikdan qutqarishga urinayotgan paytda vafot etdi (video)
Olam
−
08 iyul 12075 2 daqiqa
Ukrainaning Xarkov viloyati Merefa shahrida ona safarbar qilingan o‘g‘lini to‘xtatishga va safarbarlikdan olib qolishga harakat qildi va sal o‘tib vafot etdi. Bu haqda “Strana.ua” xabar berdi.
“Xarkov yaqinidagi Merefa shahrida bir ayol majburan safarbar qilingan o‘g‘lini olib qolish uchun mikroavtobusga yetib olishga urinayotganda halok bo‘ldi”, deyiladi xabarda.
E’lon qilingan videoda ayol tanasi bilan mikroavtobusni to‘smoqchi bo‘lganini ko‘rish mumkin. Keyin hududiy chaqiruv markazi xodimi ayolni transport vositasidan uzoqlashtirgan, shundan so‘ng mikroavtobus yurib ketgan va ayol yerga qulagan.
Nashrning yozishicha, u tez yordam mashinasida vafot etgan, biroq o‘limning rasmiy sababi aniqlanmagan.
Ukrainadagi kuchli safarbarlik videolari internetda keng tarqalmoqda. RIA Novosti’ning yozishicha, harbiy komissarlik vakillari erkaklarni mikroavtobuslarda olib ketadi, ko‘pincha ularni kaltaklab, ularga nisbatan kuch ishlatadi.
Oliy Radaning Inson huquqlari bo‘yicha komissari Dmitriy Lubinetsning ma’lum qilishicha, harbiy ro‘yxatga olish va komissarlik xodimlari tomonidan huquqbuzarliklar keng tarqalgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, zo‘ravonlik va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishning ochiq ko‘rinishlari qayd etilmoqda, fuqarolarni ushlash uchun harbiy xizmatchilarni kaltaklash, avtomashinalar bilan urib yuborish, yo‘l-transport hodisalarini keltirib chiqarish holatlari kam uchraydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Xavfsizlik xizmati va Davlat tergov byurosi Xarkov viloyati mudofaasiga mas’ul bo‘lgan uch nafar yuqori martabali ukrainalik zobitni hibsga olgandi.
Live
Barchasi