Xarkovda dron hujumi oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi, ularning 3 nafari bolalar

Olam

image

Rossiya qo‘shinlari Xarkovga Shahed dron hujumlarini uyushtirishi oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Xarkov harbiy boshqarmasi boshlig‘i Oleg Sinegubov ma’lum qildi.

Halok bo‘lganlar orasida uch nafar bola ham bor: yetti, to‘rt yoshli va olti oylik bola.

“Uylardan birida besh kishilik oila, jumladan, uch nafar bola jasadlari topildi”, deydi Sinegubov.

Qolgan ikki kishi 66 yoshli erkak va uning 65 yoshli rafiqasi edi. Shuningdek, hujumda uch kishi jarohatlangan: 61 va 39 yoshli ikki ayol va 45 yoshli erkak.

Shahar meri Igor Terexovning aniqlik kiritishicha, dronlar yoqilg‘i quyish shoxobchasiga kelib urilgani oqibatida yoqilg‘i to‘kilib, yong‘in kelib chiqqan. Shahardagi fuqarolik infratuzilmasi shikastlangan, 15 turar-joy uylari yonib ketgan.

“Bundan tashqari, kechasi Odessa viloyatiga uchuvchisiz samolyotlar hujum qildi”, deydi harbiy ma’muriyat rahbari Oleg Kiper.

Ukraina Harbiy-havo kuchlarining xabar berishicha, 10 fevralga o‘tar kechasi Qrimdagi Balaklava va Chauda hududidan uchirilgan 31 ta drondan 23 ta Shahed-136/131 uchuvchisiz samolyoti Ukraina osmonida urib tushirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

dron hujumi Xar'kov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing