Xanchjou-2022. O‘zbekistonlik bokschilarining ilk bosqichdagi raqiblari nomi ma’lum bo‘ldi (ro‘yxat)
Sport
−
23 Sentabr 2023
4031Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tayotgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarining ertangi kunida boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari o‘z yurishini boshlaydi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ertaga, 24 sentyabr kuni 13 nafar o‘zbekistonlik bokschi musobaqaning ilk bosqichida ringga ko‘tariladi.
Erkaklar:
- -51 kg: Hasanboy Do‘stmatov - Sex Yong Jo (Janubiy Koreya)
- -57 kg: Abdumalik Halokov - Chen Vey Li (Xitoy Taypeyi)
- - 63,5 kg: Ruslan Abdullayev - Chinzorig Batarsux (Mo‘g‘uliston) / Xursand Imankuliyev (Turkmaniston) jangi g‘olibi
- -71 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Jang Taye Ryang (Shimoliy Koreya)
- -80 kg To‘rabek Habibullayev - Dipak Shresta (Shri-Lanka)
- -92 kg: Lazizbek Mullajonov - Sanjit (Hindiston)
- +92 kg: Bahodir Jalolov - Muhammad Alhefeyt (BAA) / Muhammad Abroriddinov (Tojikiston) jangi g‘olibi.
Ayollar:
- -50 kg: Sabina Boboqulova - Do Danisha (Singapur)
- -54 kg: Nigina O‘ktamova - Irish Magno (Filippin)
- -57 kg: Sitora Turdibekova - Fatima Zahro (Pokiston)
- -60 kg: Rayhona Qodirova - Dana Al Jabor (Qatar)
- -66 kg: Navbahor Hamidova - Janjayem Suvannapeng (Tailand)
- -75 kg: Aziza Zokirova - Bayson Manikon (Tailand).