XAMASga yangi rahbar saylandi
Olam
−
20 iyul 2571 1 daqiqa
Falastinning XAMAS harakati G‘azo sektori rahbari Xalil al-Hayyani tashkilot siyosiy byurosining yangi rahbari etib sayladi. Bu haqda harakatning Telegram-kanalida xabar berildi.
“XAMAS Xalil al-Hayyaning harakat siyosiy byurosi rahbari etib saylanganini e’lon qiladi”, deyiladi bayonotda.
Joriy yilning 18 iyul kuni “Al Hadath” telekanali o‘z manbalariga tayanib, XAMASda siyosiy byuroning yangi rahbarini saylash bo‘yicha ovoz berish bo‘lib o‘tganini xabar qilgan.
Ma’lumot uchun, 2024 yil oktyabr oyida Sinvar halok bo‘lganidan keyin harakat kollegial kengash boshqaruviga o‘tgan va siyosiy byuro rahbari vazifasini bajaruvchi etib Xolid Mashal tayinlangan. Al-Hayya G‘azo sektori uchun mas’ul hisoblanadi va harakatning diplomatik qanotiga rahbarlik qiladi. U 2025 yil sentyabrida Isroilning Qatarga bergan zarbasi paytida o‘limdan omon qolishga muvaffaq bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, XAMAS siyosiy byurosi rahbari lavozimi 2024 yil oktyabrida Isroilning Falastin anklavi janubida – Rafah shahridagi turar joyga bergan zarbasi oqibatida Yahyo Sinvar halok bo‘lganidan beri bo‘sh edi.
Sinvar mazkur lavozimga 2024 yil iyulida Tehrondagi qarorgohiga uyushtirilgan Isroil hujumida halok bo‘lgan Ismoil Haniyaning o‘rniga kelgandi.
Live
Barchasi