Xalokov va Mullojonovning harbiy unvoni ham muddatidan oldin ko‘tarildi

Sport

image

Olimpiada o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan bokschilar leytenant Abdumalik Xalokov va leytenant Lazizbek Mullojonovga muddatidan oldin katta leytenant unvoni berildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi. 

Shu bilan birga, o‘yinlarning bronza medalini qo‘lga kiritgan dzyudochi, safdor Muzaffarbek To‘raboyev leytenant unvoni bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, Olimpiya o‘yinlarining ishtirokchilari, jahon chempionati bronza medali sohibi leytenant Islomjon Bahromov, yozgi Osiyo o‘yinlari oltin medali sohibasi kichik serjant Yekaterina Voronina, ikki karra Osiyo chempionati bronza medali sohibasi kichik serjant Aktenge Keunimjayeva, ikki karra yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi, uch karra Osiyo chempionati sovrindori safdor Sharofiddin Boltaboyev, Osiyo va Jahon chempionati bronza medali sohibi safdor Murodjon Yo‘ldoshev va Jahon chempionati oltin medali sohibi safdor Aram Vardanyan Ichki ishlar vazirining “Faxriy yorlig‘i” va esdalik sovg‘asi bilan mukofotlandi. Sportning boks turi ustasi, Jahon chempioni, mayor Isroil Madrimovga esa “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni berildi.

Ma’lumot uchun, bokschilar Bahodir Jalolov va Hasanboy Do‘smatovning harbiy unvonlari ham muddatidan oldin ko‘tarilgandi

Eslatib o‘tamiz, bokschi Isroil Madrimov mart oyida  Ar-Riyod shahrida o‘tkazilgan professional boks oqshomida rossiyalik charm qo‘lqop ustasi Magomed Qurbonovni texnik nokautga uchratib, Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) chempionlik kamarini qo‘lga kiritib qaytganidan so‘ng, Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov unga muddatidan oldin mayor harbiy unvonini topshirgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

Lazizbek Mullojonov Abdumalik Xalokov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing