O‘zbekistonda o‘qituvchilar oyligi 1000 dollarga yetkaziladi
Jamiyat
−
26 mart 2019
31463O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Xalq ta’limi vazirligi mutasaddilari ishtirokida “O‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirish bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimlari” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Unda xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov so‘zga chiqib, jamiyatda o‘qituvchining maqomini yuksaltirish, mavqeini oshirish, ijtimoiy ta’minlanganlik darajasini ko‘tarish, o‘qituvchini o‘z xizmat vazifasidan tashqari ishlardan ozod qilish singari sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar xususida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda Xalq so‘zi Online.
“Davlatimiz rahbarining eng birinchi qarori ham o‘qituvchining maqomini oshirishga qaratilgan edi, – dedi xalq ta’limi vaziri. – Vaqti kelib, jamiyatda o‘qituvchining mavqei bundan ham yuksaladi. Prezidentimiz har bir videoselektorda o‘qituvchilar haqida albatta gapirib o‘tadilar, “Ularning oyligini 1000 dollarga chiqarmaguncha to‘xtamaymiz”, deb ko‘p aytadilar. Nasib qilsa, albatta, shu darajaga boramiz”, dedi Sherzod Shermatov.
LiveBarchasi